Ushbu taom grechkani yoqtirmaydigan insonlarga ham manzur kelishi shubhasiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Domashniy ochag”
Foto: “Domashniy ochag”

 Kerakli mahsulotlar:

  • qiyma – 500 gramm;
  • grechka – 100-150 gramm;
  • pomidor – 2 dona;
  • piyoz – 1 dona;
  • sabzi – 1 dona;
  • tomat pastasi – 1 osh qoshiq;
  • ko‘kat, sarimsoq, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Qiyma o‘simlik yog‘ida qovuriladi va ustidan piyoz, sabzi qo‘shiladi.
  2. So‘ngra tuz va ziravorlar, mayda to‘g‘ralgan pomidor qo‘shiladi. Ozroq qovurib, yaxshi yuvilgan grechka va suv quyiladi.
  3. Grechka 20 daqiqa davomida pishiriladi va oxirida ko‘kat hamda sarimsoq solinadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz