Fransuzlarning eng sevimli shirinligi Opera tortini tayyorlab ko‘rishingizni tavsiya qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

Xamir uchun:

  • bodom uni – 240 gramm;
  • shakar upasi – 180 gramm;
  • tuxum – 4 dona;
  • un – 240 gramm;
  • tuxum oqi – 8 dona;
  • shakar – 200 gramm;
  • suv – 200 ml;
  • qahva – 3-4 osh qoshiq;
  • shakar – 4 osh qoshiq.

Krem uchun:

  • tuxum sarig‘i – 8 dona;
  • shakar – 320 gramm;
  • suv – 8 osh qoshiq;
  • sariyog‘ – 500 gramm;
  • qahva – 1 osh qoshiq.

Ganash uchun:

  • qora shokolad – 320 gramm;
  • qaymoq – 400 ml.

Glazur uchun: 

  • qora shokolad – 200 gramm;
  • o‘simlik yog‘i – 2 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pech oldindan 200 darajada qizdiriladi. To‘rtburchak shakldagi qolipga pergament qog‘oz solinadi.
  2. Bodom uni va shakar upasi elakdan o‘tkaziladi va yaxshilab aralashtiriladi. Tuxum oqi yaxshilab ko‘pirtiriladi.
  3. Oz-ozdan un va shakarli aralashma sepiladi va mikser yordamida asta-sekin aralashtiriladi.
  4. Tayyor bo‘lgan aralashma qolipga solinadi va qizargunga qadar 12-15 davomida pishiriladi.
  5. So‘ngra sovitishga qo‘yiladi va 4 ta to‘rtburchak shaklda kesib olinadi.
  6. Biskvit yumshoq va suvli bo‘lishi uchun qaynoq suvga qahva va shakar solib, yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra sovitiladi.
  7. Tuxum sariqlari mikser bilan aralashtiriladi. Shakarni suv bilan aralashtirib, qaynatib olinadi. Sirop 1-2 daqiqa davomida qaynatiladi.
  8. Aralashtirilayotgan tuxum sarig‘i ustidan sirop quyiladi. Eritilgan sariyog‘ va qahva qo‘shiladi.
  9. Shokolad bo‘laklarga bo‘linadi. Qaymoq qaynatilib, ustidan shokolad solinadi. 1-2 daqiqaga qoldiriladi. So‘ngra silliq bo‘lguncha aralashtiriladi.
  10. Biskvitning birinchi qatlamiga sirop, ustidan ganash, ikkinchi qatlamga sirop va qaymoqli krem surtiladi. Keyingi qatlamlar ham xuddi shu tarzda takrorlanadi.
  11. 2-3 soatga muzlatkichga qo‘yiladi. Shokolad bo‘laklarga bo‘linib, bug‘da eritiladi. O‘simlik yog‘i bilan aralashtirilib, tort ustidan quyiladi va yana bir soatga muzlatkichga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz