Kechki ovqat uchun ayni muddao bo‘lgan mazali taom retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • sarimsoq piyoz — 4 dona;
  • maydalangan qizil murch;
  • maydalangan tog‘rayhon — 1 chimdim;
  • tuz;
  • o‘simlik yog‘i — 4 osh qoshiq;
  • tovuq go‘shti — 4 dona;
  • bulyon — 70 ml.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Maydalangan sarimsoqni, qizil murch, tog‘rayhon, tuz va murch bilan aralashtiring.
  • Yo‘g‘ qo‘shing.
  • Aralashma bilan qoplangan tovuq go‘shtini yog‘ surtilgan maxsus idishga soling.
  • Ustidan bulyon quying.
  • 200 daraja qizigan pechda 40-50 daqiqa davomida pishiring.
  • Sous bilan qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz