Yengil hazm bo‘ladigan mazali salat retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • mol go‘shti — 250-300 g;
  • lavlagi — 1-2 dona;
  • tuxum — 3 dona;
  • tuzlangan bodring — 2 dona;
  • pishloq — 120 g;
  • mayonez.

Tayyorlanish jarayoni

  • Qaynatilgan mol go‘shtini uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘lib chiqing.
  • Lavlagini folga qog‘oziga o‘rab, 180 daraja qizigan pechda 45-60 daqiqa davomida pishiring.
  • Pishganidan keyin qirg‘ichdan chiqaring.
  • Qaynatilgan tuxumni ham qirg‘ichdan chiqaring.
  • Bodringni o‘rtacha kattalikda to‘g‘rang, pishloqni qirg‘ichdan chiqaring.
  • Tarelkaga go‘sht, bodring, tuxum, pishloq va lavlagini ustma-ust qilib taxlang.
  • Ustini mayonez bilan bezab, 2-3 soatga sovitkichga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz