To‘yimli va mazali taom retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi — 350-400 g;
  • qovoq — 400 g;
  • kartoshka — 3-4 dona;
  • piyoz — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • tuz, murch;
  • tovuq bulyoni yoki suv — 200-250 ml;
  • ko‘katlar.

Tayyorlanish jarayoni

  • Mahsulotlarning barini o‘rtacha kattalikda to‘g‘rang.
  • O‘simlik solingan tovada piyozni qovurib oling.
  • Tovuq go‘shtini qo‘shib qovurishda davom eting.
  • Qovoq va kartoshkani qo‘shing.
  • Tuz, murch sepib, ustidan bulyon soling.
  • Qaynab chiqqanidan keyin 25 daqiqa qopqog‘ini yopib pishiring.
  • Ko‘katlar bilan bezab dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz