Yupqa xamir va pishloqdan tayyorlanadigan gruzincha xachapuri hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • xamirturush — 1/2 choy qoshiq;
  • sut — 150 ml;
  • shakar — 1 osh qoshiq;
  • un — 250 gramm;
  • tuz — bir chimdim;
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • Imeretin pishlog‘i — 300 gramm;
  • sariyog‘ — 2 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Xamirturush sutning yarmi, shakar va 1 osh qoshiq un bilan aralashtiriladi. Xamir o‘ralib, 10 daqiqaga iliq joyda qoldiriladi.
  2. Ustidan un, tuz va sutning qolgan qismi qo‘shilib, yumshoq xamir qoriladi.
  3. Yog‘ qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra xamir dumaloq shaklga keltirilib, sochiq bilan o‘raladi. 60—90 daqiqaga iliq joyda qoldiriladi.
  4. Pishloq qirg‘ichdan o‘tkazilib, sariyog‘ning yarmi bilan aralashtiriladi. Pech oldindan 200 darajaga qizdiriladi.
  5. Xamir 4—5 millimetr qalinlikda yoyiladi va ikki xamir orasiga pishloqli nachinka solinadi. Xamir cheti bir-biriga chimchilab yopishtiriladi.
  6. Pergament qog‘oz solingan pishiriq varag‘iga xachapurilar joylashtiriladi. Usti qizargunga qadar 15—20 daqiqa davomida pishiriladi. Tayyor bo‘lgach, yuzasiga sariyog‘ surtib, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz