Bir soat vaqtingizni ayamay, dasturxonni mazali pirog bilan boyiting.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • sariyog‘ – 150 gramm;
  • shakar – 200 gramm;
  • vanil – 1 choy qoshiq;
  • tuxum – 4 dona;
  • tvorog – 250 gramm;
  • un – 300 gramm;
  • qabartma – 1 choy qoshiq;
  • banan – 1-2 dona.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pishiriq qolipi sariyog‘ bilan yog‘lanadi va pech oldindan 190 darajada qizidiriladi.
  2. Yumshatilgan sariyog‘ vanil bilan mikser qilinadi.
  3. So‘ngra ustidan tuxumlar birma-bir solinadi.
  4. Tvorog elakdan o‘tkaziladi, un va qabartma aralashtiriladi.
  5. Tuxumli massaga tvorog qo‘shiladi va silliq bo‘lguncha aralashtiriladi.
  6. Ustidan unli aralashma qo‘shiladi va xamir holiga kelguncha aralashtiriladi.
  7. Banan bo‘laklarga bo‘linadi. Ular qolipning pastki qismiga qo‘yiladi va ustidan xamir quyiladi.
  8. Pirog qizargunga qadar 30-40 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz