Nonushta va tamaddi uchun ayni muddao bo‘lgan shirinlik retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tvorog — 750 g;
  • tuxum — 1 dona;
  • shakar — 100 g;
  • margarin — 180 g;
  • un — 350 g;
  • razrixlitel — 1 choy qoshiq;
  • tuz — bir chimdim.
  • kraxmal — 4 osh qoshiq;
  • vanilin — 1 chimdim;
  • olma — 2-3 dona;
  • dolchin.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Chaqilgan tuxumga shakar qo‘shing.
  • Erigan margarin solib aralashtiring.
  • Un, tuz, razrixlitel qo‘shing.
  • Qandolat qog‘ozi solingan patnisga aralashmani soling.
  • Tvorogga tuxum, shakar, kraxmal va vanilin qo‘shib aralashtiring.
  • Tvorogga aralashmani xamir ustiga soling.
  • Olmani yupqa qilib kesing va tvorog ustiga terib chiqing.
  • Ustidan dolchin seping.
  • 180 daraja qizigan pechda 40-50 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Kesishdan avval pirogni sovishini kuting.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz