Ushbu sho‘rva odatda Germaniyada sevib iste’mol qilinadi, taom uchun bor-yo‘g‘i uch mahsulot kerak. Shuningdek, ta’bga ko‘ra, kartoshka va jo‘xori qo‘shish mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Фото: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • piyoz – 2 dona;
  • o‘simlik yog‘i – 3 osh qoshiq;
  • qiyma – 600 gramm;
  • pishloq – 400 gramm;
  • suv – 1000-1200 ml;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Piyoz ingichka halqa shaklida to‘g‘raladi.
  2. So‘ngra piyoz qizitilgan o‘simlik yog‘ida yumshaguncha qovuriladi.
  3. Qiyma qo‘shib, qovurishda davom etiladi.
  4. Tuz va ziravorlar sepiladi. Pishloq va suv qo‘shiladi.
  5. Sho‘rva quyuqroq bo‘lishi uchun suv kamroq quyiladi.
  6. 45 daqiqaga qaynatishga qo‘yiladi.
  7. Sho‘rvani ko‘katlar bilan bezatib, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz