Yengil hazm bo‘lishi bilan birga, qorinni to‘q tutish xususiyatiga ham ega bo‘lgan salat retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • bodring — 600 g;
  • file — 400 g;
  • bulg‘ori qalampiri — 1 dona;
  • piyoz — 1 dona;
  • sarimsoq piyoz — 2 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 4 osh qoshiq;
  • soya sousi — 3 qoshiq;
  • qora va qizil murch;
  • shakar — 1 osh qoshiq;
  • sirka — (9 foizli) 2 osh qoshiq;
  • tuz.

Tayyorlanish jarayoni

  • Yirik-yirik to‘g‘ralgan bodringga 1 choy qoshiq tuz solib aralashtiring, 10-15 daqiqaga qoldiring.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada somoncha shaklida to‘g‘ralgan go‘shtni qovurib oling.
  • Yarim dumaloq shaklda to‘g‘ralgan piyozni qo‘shib qovurishda davom eting.
  • Somoncha shaklida to‘g‘ralgan bulg‘ori qalampiri va soya qo‘shib aralashtiring.
  • Maydalangan sarimsoq qo‘shing.
  • Pishganidan keyin ajralgan suyuqlikni to‘kib tashlang.
  • Bodring qo‘shib aralashtiring.
  • Tuz, murch, shakar va sirka qo‘shing.
  • Yaxshilab aralashtirib, 2-3 soatga sovitkichga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz