Ushbu pirog mazali hamda to‘yimli bo‘lib, uni bekajonlar tushlik yoki kechki ovqat uchun tayyorlasa ham bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Elle
Foto: Elle

Kerakli mahsulotlar:

  • un – 500 gramm;
  • sut – 300 ml;
  • xamirturush – 15 gramm;
  • sariyog‘ – 60 gramm;
  •  piyoz – 1,2 kilogramm;
  •  go‘sht – 200 gramm;
  • smetana – 350 gramm;
  • tuxum – 4 dona;
  • muskat yong‘og‘i, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Un, sut, xamirturush, sariyog‘ va tuz aralashtirilib, xamir issiq joyda 30 daqiqaga qo‘yiladi.
  2. Piyoz to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi va go‘sht bilan sariyog‘da qovuriladi.
  3. Tuxum smetana bilan aralashtiriladi, ustidan tuz, qalampir va muskat yong‘og‘i qo‘shiladi. Aralashma qovurilgan go‘sht va piyoz bilan aralashtiriladi.
  4. Xamir qolipga teng ravishda taqsimlanadi. Ustidan smetanali aralashma solinib, 200 daraja pechda 25 daqiqa davomida yuzasi qizargunga qadar pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz