Zanjabilga sarimsoq qo‘shib tayyorlangan sous taomning mazali bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qovoqcha – 1 dona;
  • bulg‘ori qalampiri – 1-2 dona;
  • sarimsoq piyoz – 1 dona;
  • zanjabil;
  • tovuq filesi – 450 g;
  • jo‘xori kraxmali – 2 osh qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i – 2 osh qoshiq;
  • soya sousi – 3 osh qoshiq;
  • shakar – 2 osh qoshiq;
  • ko‘k piyoz;
  • kunjut.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Qovoqcha va bulg‘ori qalampirini uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘ling.
  • Sarimsoq piyoz va zanjabilni maydalab oling.
  • Bo‘laklarga bo‘lingan fileni kraxmalga bulg‘ab oling.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada tovuq go‘shtini 6-8 daqiqa davomida qovuring.
  • Fileni tarelkaga solib, olovni pasaytiring.
  • Zanjabilli sarimsoqni solib 20-30 soniya qovuring.
  • Olovni ko‘taring hamda to‘g‘ralgan sabzavotlarni qo‘shib 4-5 daqiqa qovuring.
  • Soyaga sirka va shakar qo‘shib aralashtiring.
  • Fileni tovaga solib, ustidan sousni qo‘shing.
  • Taomni ko‘k piyoz va kunjut bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz