Ushbu muss uch mahsulot yordamida tayyorlanishi bilan birga, 15 daqiqa vaqt talab etadi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • shaftoli — 3 dona;
  • qaymoq — 200 ml;
  • quyultirilgan sut — 60 gramm.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. 150—200 ml suvga shaftoli solinib, mikroto‘lqinli pechda 4 daqiqa davomida pishirib olinadi.
  2. So‘ngra sovuq suvda yuvilib, po‘sti tozalanadi.
  3. Blender yordamida shaftoli maydalanadi.
  4. Qaymoq ko‘pirguncha mikser qilinadi.
  5. Qaymoq quyultirilgan sut bilan, so‘ngra maydalangan shaftoli bilan asta-sekin aralashtiriladi.
  6. Tayyor bo‘lgan mussni ta’bga ko‘ra bezatish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz