Yengil tamaddi uchun ayni muddao bo‘lgan yegulikni suyuq taomga qo‘shimcha sifatida ham iste’mol qilish mumkin.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- pishloq — 150 g;
- sarimsoq piyoz — 2-3 dona;
- pomidor — 3 dona;
- tuz, murch;
- mayonez;
- ko‘katlar.
Tayyorlanish jarayoni:
- Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqqa maydalangan sarimsoq piyoz qo‘shing.
- Mayonez, tuz va murch solib aralashtiring.
- Pomidorlarni dumaloq shaklda bo‘laklarga bo‘lib chiqing.
- Ustidan pishloqli aralashma solib chiqing.
- Ko‘katlar bilan bezashni yoddan chiqarmang.
Yoqimli ishtaha!