Mazkur tort oila a’zolaringiz, ayniqsa, bolalaringiz uchun sevimli bo‘lishiga shubha yo‘q. Shirinlik ustini kokos qirindisi bilan bezasangiz ham bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qaymoq 33 foizli — 300 g;
  • shokolad pastasi — 100 g;
  • sendvich uchun oq non — 5-6 dona;
  • sut — 3-5 qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Shokoladga qaymoq solib, mikserda yaxshilab aralashtiring.
  • Nonni faqat yumshoq qismini qoldirib, chetlarini olib tashlang.
  • Tarelkaga kremdan biroz solib, ustiga non qo‘ying.
  • Ustidan sut surtib, qalin qilib krem bilan qoplang.
  • Chetlari ham krem bilan qoplanishi kerak.
  • Ushbu ketma-ketlikni takrorlang.
  • Eng ustki qismi krem bilan qoplansin.
  • Tayyor bo‘lganidan keyin muzlatkichda qoldiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz