Ushbu taom nafaqat dasturxonni bezaydi, balki oila a’zolarga ham manzur kelishi shubhasiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • baqlajon – 2 dona;
  • pomidor – 3-4 dona;
  • pishloq – 150 gramm;
  • o‘simlik yog‘i – 1 osh qoshiq;
  • tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Baqlajonlar uzunasiga kesib olinadi.
  2. Tuz sepilib, 30 daqiqadan so‘ng yuviladi va quritib olinadi.
  3. Pomidor va pishloq ingichka shaklda kesib olinadi va baqlajon qatlamlari orasiga joylashtiriladi.
  4. So‘ngra yog‘langan qolipga baqlajonlar solinib, pechda 180 darajada yarim soat davomida pishiriladi.
  5. Taom tayyor bo‘lgach ko‘kat va rayhon bilan bezatiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz