Ushbu salatni tayyorlash uchun bor-yo‘g‘i 10 daqiqa kerak bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • bodring — 2 dona;
  • dudlangan kolbasa — 100 g;
  • qattiq pishloq — 50 g;
  • konservalangan jo‘xori — 240 g;
  • mayonez — 2—3 osh qoshiq;
  • qotgan non — 75 g;
  • shivit.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Bodring va kolbasani somoncha shaklida to‘g‘rang.
  • Pishloqni qirg‘ichdan chiqaring.
  • Bodring, kolbasa, pishloq va jo‘xoriga mayonez qo‘shib aralashtiring.
  • Tarelkaga soling, ustidan qotgan non soling va shivit bilan bezang.
  • Kolbasa o‘rniga tovuq go‘shti qo‘shsangiz ham bo‘ladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz