Sarimsoq va turli ziravorlar qo‘shib tayyorlangan nachinka pechda pishgan baqlajon ta’mining yanada mazali bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
— Manba: «Daryo» nashri.

- baqlajon — 3 dona;
- zaytun yog‘i — 4—5 qoshiq;
- sarimsoq piyoz — 4 dona;
- qiyma — 500 g;
- yong‘oq — 80 g;
- tuz, murch;
- anor sousi — 80 ml.
Tayyorlanish jarayoni:
- Uzunasiga yarmidan bo‘lingan baqlajonlarning ustini pichoq bilan to‘r shaklida tilib chiqing.
- Sabzavot ustiga 2—3 qoshiq yog‘ surtib, 180 daraja qizigan pechga 30 daqiqaga qo‘ying.
- Yog‘ solingan tovada maydalangan piyoz, keyin esa sarimsoq solib qovurib oling.
- Qiyma qo‘shing va yaxshilab qovurishda davom eting.
- Taxminan, 10 daqiqadan keyin maydalangan yong‘oq, tuz, anor sousi va murch qo‘shing.
- Aralashtiring va yana 5 daqiqa pishiring.
- Pechdan baqlajonlarni oling, sanchqi bilan ustini biroz ezing va qovurilgan qiymadan solib chiqing.
- Istalgan sous bilan qo‘shib yeyishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!