Ushbu retsept asosida tayyorlangan murabboni sariyog‘li non ustiga surtib yoki pishiriqlarga qo‘shib iste’mol qilishingiz mumkin.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- shaftoli — 1200 g;
- shakar — 700-800 g;
- limon — 1 dona.
Tayyorlanish jarayoni:
- Shaftolilarni birinchi qaynagan keyin muzdek suvga soling, po‘stini arting.
- Yirik-yirik qilib to‘g‘rang.
- Ustidan shakar solib 3-4 soatga qoldiring.
- Shaftoli solingan idishni past olovga qo‘yib, qaynab chiqqunicha va shakar erigunicha kuting.
- Olovdan olib soviting.
- Yana bir marta qaynating va soviting.
- Limonning suvini siqing.
- Uchinchi marta olovga qo‘ying, qaynab chiqqanidan keyin limon sharbatini qo‘shing va yana 10-15 daqiqa qaynating.
- Murabboni sterilizatsiya qilingan bankalarga soling.
- Qopqoqlarini yoping, butkul soviganidan keyin issiq qilib o‘rab qo‘ying.
Yoqimli ishtaha!