Ushbu retsept asosida tayyorlanadigan shirinlik bilan nafaqat kunlik, balki bayram dasturxonini ham bezasangiz bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tvorog — 500 g;
  • smetana — 500 g;
  • sut — 5 osh qoshiq;
  • manniy yormasi — 2 osh qoshiq;
  • tuxum — 3 dona;
  • shakar — 3 osh qoshiq;
  • tuz — bir chimdim;
  • sariyog‘ — 30 g;
  • qizil qorag‘at — 150 g.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Tvorogga, sut, yorma, tuxum, shakar va tuz qo‘shib aralashtiring.
  • Pechga qo‘yishga mo‘ljallangan qolip chetlariga sariyog‘ surtib, tvorogli aralashmani yarmini soling.
  • Qorag‘at terib chiqing keyin esa aralashmani qolgan qismini soling.
  • 190 daraja qizigan pechda avvaliga 20 daqiqa keyin esa 160 daraja qizigan pechda 30 daqiqa pishirib oling.
  • Shokolad qirindisi bilan bezashingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz