Asal va laymning xushbo‘y uyg‘unligi bilan mashhur bo‘lgan tetiklantiruvchi ichimlik issiq kunlarda ayni muddao.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Shutterstock
Foto: Shutterstock

Kerakli mahsulotlar:

  • ko‘k choy — 2 qadoq;
  • suv — 1 stakan;
  • asal — 3,5 osh qoshiq;
  • laym sharbati —4,5 osh qoshiq;
  • muz bo‘laklari.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Choy qadoqlarini qaynoq suvga solib, 3-5 daqiqaga damlab qo‘ying.
  2. Qadoqlarni olib tashlab, asal qo‘shing va yana 10 daqiqaga qoldiring.
  3. Laym sharbatini qo‘shib aralashtiring. Stakanga muz bo‘laklarini solib, ustidan choyni quying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz