Taomni barra sabzavotlardan tayyorlangan salat bilan iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- tovuq filesi — 400 g;
- piyoz — 1 dona;
- sabzi — 1 dona;
- o‘simlik yog‘i — 1 dona;
- tuz, murch va boshqa ziravorlar;
- toma pastasi — 4 osh qoshiq;
- makaron — 300 g;
- suv — 500 g.
Tayyorlanish jarayoni:
- Tovuq filesini uncha katta bo‘lmagan kubik shaklida to‘g‘rang.
- Piyozni ham mayda to‘g‘rang, sabzini qirg‘ichdan chiqaring.
- O‘simlik yog‘i solingan tovada piyozni qovurib oling keyin sabzi qo‘shib pishirishda davom eting.
- Tuz, murch va boshqa ziravorlarni tomat pastasiga qo‘shib aralashtirishda davom eting.
- Ziravorli aralashmani tovadagi ziravorlarga qo‘shib aralashtiring, 7-10 daqiqa qopqog‘ini yopib pishiring.
- Makaron qo‘shing, ustidan suv solib 10 daqiqa pishirib oling.
- Dasturxonga tortishdan avval qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq va ko‘katlar bilan bezang.
Yoqimli ishtaha!