Uy bekalari uchun o‘ziga xos okroshka retseptini taqdim qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • kartoshka — 4 dona;
  • tuxum — 5 dona;
  • tovuq filesi — 400 g;
  • tuz, murch;
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • bodring — 2 dona;
  • rediska — 7 dona;
  • ko‘k piyoz, shivit;
  • smetana;
  • kvas yoki gazlangan suv.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Qaynatilgan kartoshka va tuxumni kubik shaklida to‘g‘rang.
  • Tuz va murch sepilgan tovuq filesini o‘simlik yog‘i solingan tovada qovurib oling.
  • Bodring, rediskani kubik shaklida to‘g‘rang, ko‘katlarni maydalang.
  • Mahsulotlar ustiga tuz seping, smetana soling.
  • Gazlangan suv qo‘shing va muzlatkichga qo‘yib soviting.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz