Istalgan go‘shtli ovqat va garnir bilan qo‘shib yeyish mumkin bo‘lgan salat retsepti bilan tanishing.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- piyoz — 1 dona;
- baqlajon — 1 dona;
- bulg‘ori qalampiri — 1 dona;
- pomidor — 1 dona;
- o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
- petrushka;
- sarimsoq piyoz — 2 dona;
- tuz, murch.
Tayyorlanish jarayoni:
- Sabzavotlarni to‘g‘rab oling.
- O‘simlik yog‘i solingan tovada piyozni qovuring.
- Piyozni olib, baqlajon va bulg‘ori qalampirini 5 daqiqa davomida qovuring.
- Pomidor, maydalangan sarimsoq, petrushka, tuz va murch qo‘shing.
- Piyozni qo‘shib aralashtiring.
- Aralashmani pechga mo‘ljallangan maxsus idishga soling.
- 180 daraja qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib oling.
- Soviganidan keyin dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha!