Mazali va muzdekkina ichimlik jaziramada ayni muddao.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • shaftoli — 2-3 dona;
  • suv — 7 stakan;
  • shakar — 1 stakan;
  • qora choy;
  • muz;
  • yalpiz.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Bo‘laklarga bo‘lingan shaftoli ustiga bir stakan suv va shakar qo‘shing.
  • Aralashmani 5 daqiqa davomida qaynating.
  • Olovni o‘chirib, 30 daqiqa davomida soviting.
  • Ko‘proq suyuqlik ajralishi uchun shaftolini ezing.
  • Qolgan suvga choy paketini solib, 5-6 daqiqaga qoldiring.
  • Paketni olib, shaftoli aralashmasiga qo‘shing.
  • Ichimlikni muzlatkichga qo‘yib sovitib oling.
  • Stakanga muz, ustidan ichimlikni soling, yalpiz va shaftoli bo‘lagi bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz