Ham mazali ham foydali pechenyelarni nafaqat nonushtada, balki kunning istalgan vaqti yeyish mumkin.

 — Манба:  «Daryo» нашри.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tvorog — 300 g;
  • sariyog‘ yoki margarin — 300 g;
  • un — 230 g;
  • razrixlitel — 0,5 choy qoshiq;
  • tuz — 1 chimdim;
  • shakar — 150 g;
  • vanilin.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Tvorogga eritilgan sariyog‘ qo‘shib sanchqi yordamida yaxshilab aralashtiring.
  • Un, razrixlitel va tuz qo‘shib xamir qoring.
  • 20-30 daqiqaga muzlatkichga qo‘ying.
  • Stol ustini biroz unlab xamirni yupqa qilib yoying.
  • Stakan yordamida dumaloq shaklda kesib chiqing.
  • Oddiy shakarga vanilin qo‘shib aralashtiring.
  • Pechenyeni shakarga burkab oling.
  • O‘rtasidan buklang va yana shakarga soling.
  • Yana bir marta buklang (uchburchak shaklida bo‘lishi kerak) va ustiga shakar upasini seping.
  • List ustiga qandolat qog‘ozi solib pechenyelarni terib chiqing.
  • 180 daraja qizigan pechda 20 daqiqa davomida pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz