Tayyor bo‘lgan murabboni sariyog‘ surtilgan non yoki tvorog bilan aralashtirib yeyish tavsiya qilinadi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- qorag‘at — 1 kg;
- shakar — 500 g;
- suv — 150 ml.
Tayyorlanish jarayoni:
- Yuvib, tozalangan qorag‘atni kastryulkaga soling.
- Shakar va suv solib aralashtiring.
- O‘rtacha olovga qo‘yib, qaynatib oling.
- 5 daqiqa qaynasin (bu vaqtda aralashtirishda davom eting).
- Sterilizatsiya qilingan bankalarga solib chiqing va qopqog‘ini yoping.
- Teskarisini qilib terib chiqing, o‘rab qo‘ying.
- Soviganidan keyin sovuq va qorong‘i joyda saqlang.
Yoqimli ishtaha!