Vitaminlarga boy mahsulotlardan tayyorlanadigan mazali kotletlar barchaga manzur kelishi shubhasiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qovoqcha — 2 dona;
  • tovuq qiymasi  — 450-500 gramm;
  • rikotta — 220 gramm;
  • tuxum — 1 dona;
  • sarimsoq — 2 dona;
  • o‘simlik yog‘i, ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Qovoqcha qirg‘ichdan o‘tkaziladi va bir choy qoshiq tuz aralashtiriladi. 10-15 daqiqadan so‘ng suvi siqib olinadi.
  2. Qovoqcha tovuq go‘shti, pishloq, tuxum, maydalangan sarimsoq, to‘g‘ralgan piyoz, tuz va murch bilan aralashtiriladi.
  3. Hosil bo‘lgan massadan kotletlar yasaladi.
  4. Tovada qizdirilgan yog‘da taxminan 4 daqiqa davomida qizarguncha qovuriladi.

Yoqimli ishtaha! 

От qwert.uz

13 комментариев для “Pishloq va qovoqchadan tovuqli kotlet tayyorlaymiz”

Обсуждение закрыто.