Ayni vaqtda banka yopishga tayyorgarlikni boshlab yuborganlar uchun mazali salat retseptini havola qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • loviya — 500-800 g;
  • baqlajon — 2000 g;
  • tuz;
  • pomidor — 1500 g;
  • bulg‘ori qalampiri — 500 g;
  • sabzi — 500 g;
  • shakar — 1 osh qoshiq;
  • sirka ( 9 foizligidan) — 1 osh qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i — 100 ml;
  • sarimsoq — 10-12 dona.

Tayyorlanish jarayoni:

  • 10-12 soat avval ivitib qo‘yilgan loviyani taxminan 30 daqiqa davomida qaynatib oling.
  • Uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘lingan baqlajonni 20 daqiqaga tuzli suvga solib qo‘ying.
  • Ajralgan suyuqlikni to‘kib tashlang.
  • Pomidor va bulg‘ori qalampirini uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘ling, sabzini qirg‘ichdan chiqaring.
  • Pomidorini qozonga solib pishirib oling.
  • Qaynab chiqqanidan keyin yana 3 daqiqa qaynating.
  • Tuz, shakar, sirka va yog‘ solib aralashtiring.
  • Baqlajon, sabzi va bulg‘ori qalampiri qo‘shib yana 30 daqiqa pishiring.
  • Loviya va maydalangan sarimsoqni qo‘shib yana 10 daqiqa pishiring.
  • Tayyor bo‘lgan salatni sterillangan bankalarga soling. Qopqog‘ini yopib, ustini adyol bilan o‘rab qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz

13 комментариев для “Qishga loviya va baqlajondan tayyorlab yopiladigan salat retsepti”

Обсуждение закрыто.