Turk oshxonasiga mansub mazali taom retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- tovuq — 250 g;
- yupqa yoyilgan xamir;
- no‘xat — 100 g;
- qovoqcha — 1 dona;
- sabzi — 1 dona;
- piyoz — 1 dona;
- sarimsoq piyoz;
- tomat pastasi — 1 osh qoshiq;
- suv — 200 ml;
- sariyog‘ — 1 osh qoshiq;
- pishloq — 100 g;
- tuz.
Sous uchun kerakli mahsulotlar:
- sariyog‘ — 3 osh qoshiq;
- un — 3 qoshiq;
- sut — 200 g;
- yong‘oq;
- murch.
Tayyorlanish jarayoni:
- Sous tayyorlash uchun tovaga sariyog‘ va un solib, hidi chiqquniga qadar qovuring.
- Ustidan sekin-asta sut qo‘shing va aralashtirishda davom eting.
- Qaynash boshlanganida olovni pasaytirib, ora-orada aralashtirib turing.
- Quyuqlashishni boshlaganida tuz, qirg‘ichdan chiqarilgan yong‘oq va murch solib, ustini yoping.
- Sariyog‘ solingan tovada piyozni qovurib oling.
- Qizarganidan keyin to‘g‘ralgan tovuq solib, qovurishda davom eting.
- Sabzi, no‘xat, qovoqcha va sarimsoqni qo‘shib aralashtiring.
- Tomat pastasi, tuz va murch qo‘shing, bir daqiqadan keyin olovni o‘chiring.
- Yupqa yoyilgan xamirni to‘rtga bo‘ling va ularni uchburchak shaklga keltiring (chetlari chiqib tursin)
- Ichiga tovuqli aralashmani soling.
- Xamirning cheti bilan tovuqli aralashmani yoping.
- Maxsus idishga soling va ustidan tayyorlab olingan sousni quying, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq seping.
- 180 daraja qizigan pechda 15 daqiqa davomida pishiring.
Yoqimli ishtaha!
