Ham mazali ham foydali bo‘lgan shirinlik bilan dasturxoningizni bezang,

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Russian Food
Foto: Russian Food

Kerakli mahsulotlar:

  • un — 400 g;
  • sariyog‘— 250 g;
  • tuxum — 3 dona;
  • qovoq — 900 g;
  • shakar — 200 g;
  • qaymoq — — 200 ml;
  • dolchin;
  • vanilin;
  • tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Un va tuzga sariyog‘ qo‘shib aralashtiring,
  • Tuxum qo‘shib xamir qoring.
  • Dumaloq shaklga keltirib ustidan plyonka yoping va 30-50 daqiqaga sovitkichga qo‘ying.
  • Qovoqni kubik shaklida to‘g‘rab chiqing.
  • Suvda dimlab pishirib oling.
  • Blenderda maydalang.
  • Un sepilgan maxsus, idishga xamirni solib 15 daqiqa davomida 190 daraja qizigan pechda pishirib oling.
  • Qovoqli aralashmaga ikkita tuxum, shakar, qaymoq va maydalangan dolchin qo‘shing.
  • Aralashmani xamir ustiga soling.
  • 50-55 daqiqaga 180 daraja qizigan pechga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz