Yupqa yoyilgan xamirdan tayyorlanadigan yegulik nafaqat kattalar, balki bolalar uchun ham sevimliga aylanishiga shubha yo‘q.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Sabah
Foto: Sabah

Kerakli mahsulotlar:

  • lavash yoki yupqa yoyilgan xamir — 2 dona;
  • pishloq — 200 g;
  • petrushka;
  • tuxum — 1 dona;
  • yogurt — 2 osh qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i — 50 g.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqni maydalangan petrushka bilan aralashtiring.
  • Pechga qo‘yishga mo‘ljallangan idishga yog‘ surtib xamirning bir qavatini idishdan chiqaribroq qo‘ying.
  • Nachinkani yarmini soling.
  • Bitta chaqilgan tuxumga 2 osh qoshiq qatiq qo‘shing.
  • O‘simlik yog‘i solib aralashtiring.
  • Xamirning boshqa qavati bilan yopib ustidan tuxumli aralashma surting.
  • Ushbu ketma-ketlikni takrorlang.
  • Ustiga sedana seping.
  • 180 daraja qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz

13 комментариев для “Turkcha mazali yegulik — bo‘rek pishirib ko‘ring”

Обсуждение закрыто.