Mazkur ishtaha ochar yegulik tez tayyorlanishi bilan sendvich va buterbrodlarga yaxshi alternativ bo‘la oladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar: 

  • kolbasa — 200 gr;
  • bodring — 1-2 dona;
  • bulg‘or qalampiri — 1 dona;
  • pishloq — 100-150 gr;
  • sarimsoq — 1-2 bo‘lak;
  • mayonez — 2-3 osh qoshiq;
  • yupqa lavash xamiri;
  • salat bargi.

Tayyorlanish jarayoni: 

  1. Kolbasa, bodring va bulg‘or qalampirini mayda bo‘laklarga bo‘ling. Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazing.
  2. Sarimsoqni maydalab, pishloq va mayonez bilan aralashtiring.
  3. Lavash xamiriga avval pishloq seping, keyin salat bargi qo‘yib, kolbasa, bodring va bulg‘or qalampirini soling.
  4. Ruletni yaxshilab o‘rab, muzlatkichda 20-25 daqiqaga qoldiring. Dasturxonga tortishdan avval bo‘laklarga bo‘ling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz

13 комментариев для “Oddiy va to‘yimli: pishloq solingan lavashli rulet tayyorlaymiz”

Обсуждение закрыто.