Ushbu yegulik sovitilganda iste’mol qilinsa, yanada mazali bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qovoqcha – 1300 gramm;
  • tvorog – 400 gramm;
  • tuxum – 5 dona;
  • un – 120 gramm;
  • sarimsoq – 2 bo‘lak;
  • o‘simlik yog‘i – 1 osh qoshiq;
  • qattiq pishloq – 100-150 gramm;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Qovoqcha tozalanib, qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  2. Tuz sepib, 5-10 daqiqaga qoldiriladi.
  3. Tvorog va tuxum blender yordamida aralashtiriladi.
  4. Qovoqcha ustidan tvorogli massa, un, maydalangan sarimsoq, tuz va ziravorlar solinadi.
  5. Zapekanka qolipi yog‘lanib, aralashma quyiladi.
  6. 180 darajada qizdirilgan pechda avval 40 daqiqa va 160 darajada yana 20 daqiqa pishiriladi.
  7. Zapekanka tayyor bo‘lishiga 5-10 daqiqa qolganida ustidan qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz

12 комментариев для “Qovoqcha va tvorogdan mazali zapekanka tayyorlaymiz”

Обсуждение закрыто.