Yangilikni xush ko‘ruvchi bekajonlar uchun shohona taom retseptini havola etamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Zira.uz”
Foto: “Zira.uz”

Kerakli mahsulotlar:

  • qaynatilgan guruch – 150 gramm;
  • tovuq filesi – 80 gramm;
  • konservalangan ananas – 20 gramm;
  • shirin-nordon sous – 50 gramm;
  • bulg‘ori qalampiri – 1 dona;
  • piyoz – 20 gramm;
  • o‘simlik yog‘i – 5 gramm;
  • sarimsoq – 1 gramm;
  • kunjut yog‘i – 5 gramm;
  • kraxmal – 2 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Ananas, bulg‘ori qalampiri va piyoz to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi. Bo‘laklangan tovuq filesi kraxmalga botiriladi.
  2. So‘ngra tovuq filesi 180 darajada 1 daqiqada qovurib olinadi. ortiqcha yog‘dan xalos etish uchun pishirilgan go‘sht qog‘oz salfetkalar ustiga yoyib chiqiladi.
  3. Piyoz, bulg‘ori qalampiri va ananas esa o‘simlik yog‘ida qovuriladi.
  4. Ustidan sous va kunjut yog‘i qo‘shiladi.
  5. Tovuq go‘shti ham solinib, pishguncha qovuriladi.
  6. Uch osh qoshiq suvga bir osh qoshiq kraxmal qo‘shib aralashtiriladi va taomga qo‘shiladi.
  7. Dasturxonga tortish uchun idishga qaynatilgan guruch va tovuqli aralashma solinadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz