Pechda pishiriladigan kotletlar retsepti bekajonlar uchun ayni muddao. Shuningdek, parhezdagi insonlar ham iste’mol qilishi mumkin.
— Manba: «Daryo» nashri.

Ko‘pincha bekalar kotletlarni faqatgina qovurib pishirish mumkin, deb o‘yladi. Aslida esa unday emas. Ko‘p miqdorda pishiriladigan kotletlar medaga tez tegishi bilan birga, sog‘liq uchun ham ancha zararli hisoblanadi. Pechda 180-220 darajada birozgina yog‘ bilan tayyorlanadigan kotletlar esa ancha foydali ham sanaladi.
Kartoshkali kotlet
Kerakli mahsulotlar:
- qiyma go‘shti – 500 gramm;
- kartoshka – 1 dona;
- piyoz – 1 dona;
- tuxum – 1 dona;
- tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
- Qiyma, tuxum va mayda to‘g‘ralgan piyoz hamda kartoshka yaxshilab aralashtiriladi. Tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
- Pech yoqiladi, pishiriq qolipi yog‘lanadi. Kotletlar yopishmasligi uchun qo‘llar namlanadi.
- 180 daraja pechda 30-40 daqiqa davomida pishiriladi.
Yoqimli ishtaha!
Pishloq va ko‘katli kotlet
Kerakli mahsulotlar:
- qiyma go‘shti – 500 gramm;
- oq non – 100 gramm;
- sut – 100 ml;
- tuxum – 1dona;
- piyoz – 1 dona;
- qattiq pishloq – 700 gramm;
- ko‘kat va quritilgan non.
Tayyorlanish jarayoni:
- Nonni yumshatish uchun sutga bo‘ktiriladi. So‘ngra qiyma, mayda to‘g‘ralgan piyoz, ko‘kat va pishloq bilan aralashtirish kerak.
- Aralashmadan kotletchalar yasalib, oldindan qizdirilgan pechga qo‘yiladi.
- Kotletlar 30-35 daqiqada atyyor bo‘ladi va issiqligicha dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha!