Mazkur sho‘rvaning yoqimli ta’mi anchagacha og‘zingizda qoladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehicker
Foto: Lifehicker

Kerakli mahsulotlar: 

  • mol go‘shti — 500 g;
  • kartoshka — 3-4 dona;
  • pomidor — 2 ta;
  • bulg‘ori qalampiri — 1 dona;
  • piyoz — 1 dona;
  • achchiq qalampir — 1 dona;
  • sabzi — 1-2 dona;
  • sarimsoq — 5 bo‘lak;
  • suv — 1-1,5 l;
  • tuz;
  • achchiq qizil qalampir;
  • ko‘katlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Go‘sht, kartoshka, pomidor va bulg‘ori qalampirini o‘rta, piyoz va achchiq qalampirni mayda bo‘laklarga bo‘ling.
  2. Sabzini katta yoki o‘rta qirg‘ichdan o‘tkazing. Sarimsoqni esa maydalab ezing.
  3. Ko‘zachalarga go‘sht va sabzavotlarni soling. Tuz, qalampir solib, suv quying.
  4. Idish qopqoqlarini yopib, oldindan qizdirilgan 180 darajali pechga 1 soatga qo‘ying. Agar go‘sht yetarlicha yumshoq bo‘lmasa, sho‘rvani yana 15-20 daqiqa pishiring.
  5. Dasturxonga tortishdan avval ko‘katlar bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz