Baqlajon, tovuq go‘shti va pomidor uyg‘unligida betakror ta’mga ega yegulik taom tayyorlaymiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi – 350 gramm;
  • mayonez – 3-4 osh qoshiq;
  • baqlajon – 3-4 dona;
  • pomidor – 1-2 dona;
  • o‘simlik moyi – 2 osh qoshiq;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovuq filesi yumshoq bo‘lib pishgunga qadar 20-25 daqiqa davomida pishirib olinadi.
  2. So‘ngra pishgan go‘shtni bo‘laklarga bo‘lib, mayonez, ko‘kat, tuz va ziravorlar bilan aralashtiriladi.
  3. Baqlajon uzunasiga bo‘laklarga bo‘linadi. Tuzli suvda 5-10 daqiqa qoldirilib, so‘ngra salfetkalar ustiga yoyiladi.
  4. Tovada qizdirilgan yog‘da suvi qurigan baqlajonlar qizargunga qadar qovuriladi.
  5. Pomidor bo‘laklarga bo‘linadi.
  6. Tovuq va pomidor bo‘lagidan baqlajon ustiga terib chiqiladi va rulet shaklida o‘raladi. Bezak uchun ko‘kat va mayonez quyish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz