Pomidor sousi va qovurilgan baqlajon ichida pishgan qiymali mazkur turkcha taom dasturxoningizni bezaydi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Shutterstock
Foto: Shutterstock

Kerakli mahsulotlar:

  • piyoz — 1 dona;
  • petrushka — ½ bog‘;
  • sarimsoq — 5 bo‘lak;
  • qiyma — 600 g;
  • non tolqoni — 3-4 osh qoshiq;
  • tuxum — 1 dona;
  • murch — 1 osh qoshiq;
  • zira — 1 osh qoshiq;
  • baqlajon — 5 ta;
  • o‘simlik moyi — 70-100 ml
  • tomat pastasi — 1,5 osh qoshiq;
  • suv — 500 ml
  • pomidor sharbati — 220 g;
  • cherri pomidorlari — 25-30 dona;
  • tuz.

Tayyorlanish jarayoni: 

  1. Piyozni mayda “kubik” shaklida, petrushka va sarimsoqni ham maydalab to‘g‘rang.
  2. Qiymaga to‘g‘ralgan piyoz, petrushka, non tolqoni, tuxum, tuz, ziravorlar va sarimsoqning yarmini solib aralashtiring.
  3. Aralashmadan katta bo‘lmagan sharchalar yasab, muzlatkichga 30-40 daqiqaga qo‘ying.
  4. Baqlajonni yupqa uzun bo‘laklarga bo‘lib, tillarang bo‘lguncha qovurib oling.
  5. Yog‘ini shimdirib olishi uchun ulrni qog‘oz salfetkalarga qo‘ying.
  6. Tovaga 2-3 qoshiq yog‘ solib, qiymali sharchlarni ikki tomonini qizartirib qovuring.
  7. Sharchalarni likopga olib, uning yog‘iga tomat pastasini soling.
  8. Pastani 1 daqiqa qovurib, ustiga 250 ml qaynoq suv va sarimsoqning yarmini solib, 2-3 daqiqaga dimlang.
  9.  Tovadagi mahsulotga pomidor sharbatini ham qo‘shib, 5-6 daqiqaga pishiring.
  10. Gaz pechini 220 darajaga qizdirib, patnisga baqlajonlarni perpendikulyar qilib terib chiqing.
  11. Baqlajon o‘rtasiga sharchalarni qo‘yib, atrojini baqlajon bo‘laklari bilan yoping.
  12. O‘ralgan baqlajonlar ustiga cherri pomidorini tish tozalagich yordamida tiqib chiqing.
  13. So‘ngra baqlajonlar atrofiga pomidor sharbati va 250 ml qaynoq suv quying.
  14. Taomni 30-35 daqiqa davomida dimlab pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz