Yumshoq bulochkalar bolajonlar-u kattalarning eng sevimli shirinligidir. Banan qo‘shib tayyorlanadigan ushbu yegulik bilan oila a’zolaringizni xursand qiling.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • banan — 2 dona;
  • tuxum — 1 dona;
  • xamirturush kukuni — 1 osh qoshiq;
  • sariyog‘ — 2 osh qoshiq;
  • mayiz — 50 gramm;
  • un — 350 gramm;
  • tuz — 1/2 choy qoshiq;
  • shakar upasi — 1 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tozalangan banalar sanchqi yordamida maydalanadi va tuxum qo‘shilib, silliq holga kelgunga qadar ko‘pirtiriladi.
  2. So‘ngra xamirtirish, eritilgan sariyog‘ va mayiz solib, aralashtiriladi.
  3. Mayiz o‘rniga boshqa meva yoki yong‘oq ham qo‘shish mumkin.
  4. Ustidan un va tuz sepib, yumshoq xamir qoriladi.
  5. Usti sochiq bilan yopilib, 60—90 daqiqaga iliq joyga qo‘yiladi.
  6. Xamir ikki baravar ko‘payganda, 8—10 bo‘lakka bo‘linadi. Har bir bo‘lak dumaloq shaklga keltiriladi.
  7. Xamir bo‘laklari qandolat idishiga joylashtirilib, yana 45 daqiqaga qoldiriladi.
  8. 190 daraja qizdirilgan pechda 15—20 daqiqa davomida pishiriladi. Yuzasi qizarib pishgach, shakar upasi ta’bga ko‘ra sepiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz