Shokolad va olxo‘ri mazasining uyg‘unligi pirogga o‘zgacha ta’m bag‘ishlaydi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • un – 150-160 gramm;
  • qabartma – 2 osh qoshiq;
  • sariyog‘ – 115 gramm;
  • shakar – 100 gramm;
  • jigarrang shakar – 100 gramm;
  • kakao – 25 gramm;
  • tuxum – 1 dona;
  • vanil – 1 osh qoshiq;
  • sut – 120 ml;
  • olxo‘ri – 5-7 dona;
  • shakar upasi, tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Elakdan o‘tkazilgan un tuz va qabartma bilan aralashtiriladi.
  2. Sariyog‘ga ikki xil shakar va kakao qo‘shilib, mikser qilinadi. Ustidan tuxum va vanil solinadi va yana aralashtiriladi.
  3. Unli aralashma, sutning aralashtiriladi va mikser qilinadi.
  4. Hosil bo‘lgan xamir yog‘langan qolipga joylashtiriladi. Olxo‘ri mevasi ikkiga bo‘linib, pirog tepasiga terib chiqiladi.
  5. Shirinlik taxminan 45-50 daqiqada, 180 darajada pishirib olinadi.
  6. Tayyor bo‘lgach ustidan shakar upasi sepiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz