Mazkur ishtaha ochar salat asosiy taom va yaxna gazaklar uchun qo‘shimcha yegulik o‘rnini bosadi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:

  • sabzi — 1 kg;
  • qand upasi — 1 osh qoshiq;
  • tuz— 1 osh qoshiq;
  • sirka 3% — 1 osh qoshiq;
  • maydalangan kashnich — 1 choy qoshiq;
  • achchiq garmdori — 1 dona;
  • sarimsoq — 1 bosh;
  • kunjut — 1 osh qoshiq;
  • piyoz — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 50 ml.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Archilgan sabzini qirg‘ichdan o‘tkazing.
  2. Sabziga tuz va shakar qo‘shing va 20-30 daqiqaga qoldiring. So‘ngra ajralgan suvini to‘kib tashlang.
  3. Achchiq qalampirni urug‘laridan tozalab, mayda bo‘laklarga bo‘ling.
  4. Sarimsoqni qirg‘ichdan chiqaring yoki ezib maydalang.
  5. Piyozni ham to‘g‘rab oling.
  6. Qizigan yog‘da piyozni qovurib oling, so‘ngra piyozlarni olib tashlang. Yog‘ga kunjut urug‘larini soling.
  7. Idishga sabzi, sarimsoq, qalampir va kashnich solib, ustidan qizigan yog‘ni quying.
  8. Oxirida sirka qo‘shib, mahsulotlar ustiga og‘irroq narsa bostirib qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz