Sabzavot va ziravorlar uyg‘unligidagi mazkur taom retsepti bekajonlar uchun ayni muddao.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • baqlajon – 1 dona;
  • zaytun moyi – 6 osh qoshiq;
  • qo‘y go‘shti – 450 gramm;
  • piyoz – 1 dona;
  • sarimsoq – 3-4 bo‘lak;
  • tomat pastasi – 3 osh qoshiq;
  • pomidor sharbati – 400 gramm;
  • bulyon – 500 ml;
  • dafna yaprog‘i – 1 dona;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pech 200 darajada qizdirib olinadi. Baqlajon katta bo‘laklarga bo‘linib, 2 osh qoshiq moy sepiladi.
  2. Pishiriq qolipida 20 daqiqa davomida pishirib olinadi.
  3. Qo‘y go‘shti, piyoz va sarimsoq mayda to‘g‘raladi.
  4. Tovaga 2 osh qoshiq yog‘ quyib, qo‘y go‘shti 5-6 daqiqa qizarguncha qovuriladi.
  5. Go‘sht alohida idishga olinib, tovada piyoz va sarimsoq qovuriladi.
  6. So‘ngra go‘sht, baqlajon, piyoz, sarimsoq, tomat pastasi va pomidor sharbati, bulyon, tuz va ziravorlar yaxshilab aralashtiriladi.
  7. Go‘sht yumshoq bo‘lib pishishi uchun past olovda 2-3 soat davomida qaynatiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz