Mazali xamir va olxo‘rili “nachinka” uyg‘unligi ajoyib ta’mni hosil qiladi. Ushbu pirogni tayyorlash esa juda oddiy.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Lifehacker”
  • sariyog‘ – 250 gramm;
  • shakar – 200 gramm;
  • tuxum – 1 dona;
  • un – 350 gramm;
  • qabartma (razrixlitel) – 1 osh qoshiq;
  • olxo‘ri – 800-900 gramm.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Sariyog‘ eritilib, shakar va tuxum bilan aralashtiriladi. Ustidan un va qabartma qo‘shilib, xamir qoriladi.
  2. Tayyor bo‘lgan xamirni o‘rab, 50-60 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
  3. Olxo‘ri danagi olinadi. Tovada sariyog‘ni biroz eritib, 50 gramm shakar qo‘shiladi va bir daqiqadan so‘ng olxo‘ri ham solinadi.
  4. Mevalar yumshashi uchun biroz qovuriladi.
  5. Pishiriq qolipi yog‘lanadi. Xamirning uchdan ikki qismi yoyiladi.
  6. Xamir ustidan “nachinka” solinib, ikkinchi qism bilan yopiladi va qolgan bir qismi bo‘laklarga bo‘linib, pirog ustidan sepib chiqiladi.
  7. Pirog taxminan 180 darajada 45 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz