Paramach (belyashi) tayyorlashning yangi usuli: un o‘rniga qovoqchadan foydalaniladi. Mazasiga esa qoyil qolmay iloji yo‘q.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qovoqcha – 1 kilogramm;
  • tuxum – 2 dona;
  • smetana – 1 osh qoshiq;
  • un – 130-150 gramm;
  • piyoz – 1 dona;
  • qabartma (razrixlitel) – 1/2 choy qoshiq;
  • tovuq qiymasi – 300 gramm;
  • o‘simlik moyi – 2 osh qoshiq;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Qovoqcha tozalanib, qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Suvsizlantirish uchun siqib olinadi.
  2. Tuz, tuxum, smetana, un va qabartmani bir idishga solinib, yaxshilab aralashtiriladi.
  3. Xamir o‘ta suyuq bo‘lmasligi lozim.
  4. Piyoz mayda to‘g‘ralib, go‘sht hamda tuz, ziravorlar bilan aralashtiriladi.
  5. Tovada yog‘ o‘rta olovda qizitiladi va xamirdan biroz solinadi. Ustidan “nachinka” joylashtirib, xamirning ikkinchi qatlami bilan go‘shtli aralashma yuzasi yopiladi.
  6. Paramachning har ikki tomoni shu tarzda qizartirib pishirib olinadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz