Vitaminlarga boy qovundan tayyorlangan shirinlik bilan dasturxoningizni bezang.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- qovun — 2500 g;
- shakar — 1500 g;
- limon kislotasi — 1 choy qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:
- Qovunni o‘rtacha kubik shaklida to‘g‘rang.
- Shakar va limon kislotasi qo‘shib aralashtiring.
- 30-40 daqiqaga qoldiring, sharbati ajralganidan keyin olovga qaynatgani qo‘ying.
- O‘rtacha olovda 40-50 daqiqa davomida qaynating, vaqti-vaqti bilan aralashtirib turing.
- Qiyomning uchdan bir qismini boshqa idishga soling. Blenderda aralashtiring.
- Yana 15-20 daqiqa past olovda tursin.
- Sterillangan bankalarga solib chiqishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!