Noodatiy yegulik tayyorlab oila a’zolaringiz kayfiyatini ko‘taring.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • piyoz — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • tovuq filesi — 400 g;
  • tuz, murch;
  • pomidor;
  • qattiq pishloq — 70 g;
  • mayonez — 3-4 qoshiq;
  • xantal — 2 choy qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Piyozni yarim dumaloq shaklda kesib chiqing.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada 3-4 daqiqa qovuring.
  • Oshxona bolg‘asida urilgan tovuq filesiga murch, tuz seping.
  • Pomidorni ingichka qilib kesing.
  • Pishloqni qirg‘ichdan chiqarib, tuxum, mayonez va xantal qo‘shib aralashtiring.
  • Qandolat qog‘ozi solingan listga tovuqni solib, ustidan pishloq va pomidor qo‘ying.
  • Pishloqli aralashma quying va 200 daraja qizigan pechda 15-20 daqiqa davomida qovurib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz