Bulg‘or qalampiri vitaminlarga boyligi bilan birga, undan turli xil mazali taom va salatlar tayyorlash mumkin. Navbatdagi mazali taom ham aynan bulg‘or qalampiri yordamida tayyorlanadi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Vkusniye retsepti”

Kerakli mahsulotlar:

  • bulg‘or qalampiri — 1 dona;
  • tuxum — 2 dona;
  • kartoshka — 2 dona;
  • piyoz — 1 dona;
  • sarimsoq — 3 bo‘lak;
  • zaytun yog‘i va tuz.

Tayyorlanish jarayoni: Bulg‘or qalampiri ikkiga bo‘linib, tozalanadi. Bulg‘orilar folga qog‘ozi ustiga qo‘yilib, zaytun yog‘i va tuz sepiladi. 180 daraja pechga 15 daqiqaga qo‘yiladi.

Foto: “Hi-chef.ru

”Piyoz va sarimsoq tozalanib, mayda to‘g‘raladi. Tovada biroz qovurib olinadi.

Foto: “Hi-chef.ru

”Kartoshka ham tozalanadi va parrak shaklida to‘g‘ralib, piyoz va sarimsoq ustidan solinadi. Biroz tuz qo‘shib qovuriladi.

Foto: “Hi-chef.ru

”Qovurilgan aralashma bulg‘orilar ichiga solinadi va yana 20 daqiqaga pechga qo‘yiladi.

Foto: “Hi-chef.ru

”Bulg‘orilar pechdan olinib, ustiga tuxum chaqiladi va yana 8 daqiqaga qo‘yiladi.

Foto: “Hi-chef.ru

”Tayyor bo‘lgach, issiqligicha dasturxonga tortiladi.

Foto: “Hi-chef.ru

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz