Oila a’zolaringiz va farzandlaringizga tayyorlab bering.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Russian Food

Kerakli mahsulotlar:

  • qovoqcha — 1 dona;
  • baqlajon — 1 dona;
  • sabzi — 1 dona;
  • piyoz — 1 dona;
  • ko‘katlar;
  • sarimsoq piyoz — 1 dona;
  • pomidor — 1 dona;
  • tuz, murch;
  • o‘simlik yog‘i — 6 osh qoshiq;
  • shakar — 3 g.

Tayyorlanish jarayoni

  • Somoncha shaklida to‘g‘ralgan qovoqchani tuzlab, 10 daqiqaga qoldiring.
  • Pomidorni qirg‘ichdan chiqaring.
  • Piyozni yarim dumaloq, bulg‘ori qalampiri va sabzini somoncha shaklida to‘g‘rang.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada baqlajonni qovurib oling.
  • Sabzini qo‘shib qovurishda davom eting.
  • Qolgan sabzavotlarni alohida qovurib oling.
  • Hammasini aralashtiring, qirg‘ichdan chiqarilgan pomidor qo‘shing.
  • Tuz, shakar qo‘shib aralashtiring.
  • Maydalangan sarimsoq va ko‘kat qo‘shing.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz