Kuz fasli kelishi bilan qovoqli taomlar dasturxondan joy oladi. Ushbu taom qovoq, go‘sht va kartoshka bilan uyg‘unlikdagi ajoyib ta’mni hosil qiladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • mol go‘shti – 400 gramm;
  • kartoshka –  5 dona;
  • qovoq – 300 gramm;
  • piyoz – 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i – 2-3 osh qoshiq;
  • suv –  250 ml;
  • sariyog‘ – 80 gramm;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Go‘sht, kartoshka va qovoq o‘rtacha bo‘laklarga bo‘linadi. Piyoz va sabzi esa mayda to‘g‘raladi.
  2. Tovada yog‘ o‘rta olovda qizdirilib, mol go‘shti 5-8 daqiqa qovurib olinadi. So‘ngra alohida idishga olinadi.
  3. Yana tovada kartoshka, piyoz va sabzi ham 5-8 daqiqa qovuriladi. Agar kerak bo‘lsa, biroz yog‘ qo‘shiladi.
  4. Ko‘zaga avval go‘sht solinadi va tuz hamda ziravorlar sepiladi.
  5. Ustidan piyoz, sabzi va kartoshka solinib, biroz tuz sepiladi. Ko‘zaga suv quyiladi va qopqog‘i yopiladi.
  6. Ko‘zalar 180 daraja pechda 1 soat 40 daqiqa davomida qaynatiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz